Angliya Daniyani to‘xtatdi
Yevropa chempionatida ikkinchi finalchi ham aniqlandi. Angliya o‘z maydonida kechgan yarimfinal bahsida Daniya ustidan qiyin g‘alabaga erishib, o‘z tarixida ilk bor Yevro finaliga chiqdi.
Dastlab, daniyaliklar yarimhimoyachisi Damsgor jarimadan super zarba yo‘llab, Pikford darvozasiga turnir davomidagi birinchi golni kiritdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida Ker o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Asosiy vaqtda boshqa gol urilmagach, qo‘shimcha bo‘limlar belgilandi. Unda inglizlar sardori Keyn g‘alaba to‘pini kiritdi. Avvaliga uning penaltidan bergan zarbasini Shmeyxel qaytargandi, biroq qaytgan to‘pni Keynning o‘zi darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi.
Angliya — Daniya 2:1
Gollar: Ker (39, avtogol), Keyn (104) — Damsgor (30).
Angliya – Pikford, Stounz, Uoker, Shou, Maguayr, Saka (Grilish 69, Tripper 106), Rays (Henderson, 95), Maunt (Foden, 95), Fillips, Sterling, Keyn.
Daniya – Shmeyxel, Larsen (Vass, 67), Vestergor (Vind, 105), Ker, Mele, Hyoyberg, Dileyni (Yensen, 88), Damsgor (Poulsen, 67), Kristensen (Andersen, 79), Breytueyt, Dolberg (Nergor, 67).
Ogohlantirishlar: Maguayr (49), Vass (72).
11 iyul kuni «Uembli»da bo‘lib o‘tadigan final bahsida Angliya va Italiya chempionlik uchun kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter