Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya chempionatida peshqadam o‘zgardi

Angliya chempionatida peshqadam o‘zgardi

Angliya premer-ligasi 31-turining dastlabki o‘yinida turnir jadvalining ikki qutbidagi jamoalar — «Liverpul» va «Uotford» kuch sinashdi.

«Enfild» stadionida, o‘z muxlislari qo‘llab-quvvatlovi ostida hamda Jota va Fabiniolarning gollari evaziga «Liverpul» hozircha APL peshqadamiga aylanib oldi.

Klopp jamoasi hisobidagi ochkolar soni 72 taga yetdi.  «Uotford» esa 22 ochko bilan 18-pog‘onada.

Shu paytgacha turnir jadvalini boshqarib kelgan «Manchester Siti» hisobida 70 ochko bor. Gvardiolachilar «Liverpul»dan o‘tish uchun hozir boshlanadigan (soat 19:00) safardagi «Byornli»ga qarshi o‘yindan g‘alaba bilan qaytishlariga to‘g‘ri keladi.

APL. 31-tur

«Liverpul» — Uotford 2:0

Gol: 1:0 — 22 Diogu Jota, Fabinio 2:0 — 89 penalti

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring