Angela Merkelni yana qaltiroq tutib qoldi
Germaniya kansleri Angela Merkelni bir hafta davomida ikkinchi marta rasmiy uchrashuv vaqtida qaltiroq tutib qoldi.
Bu safar Merkel Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida qaltirab qolgan. Unga bir stakan suv olib kelishgan, ammo u suv ichishni rad etib, titroq holatida turavergan.
Eslatib o‘tamiz, Angela Merkel 18 iyunda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lgan uchrashuv vaqtida xuddi shunday holatga tushgan edi. O‘sha vaziyatda Merkel qizil yo‘lakcha ustida turgan. Keyinchalik u titroq holatini tanasi suvsizlangani bilan bog‘lagan edi.
Uning aytishicha, uch stakan suv ichgandan so‘ng o‘zini yaxshi his qila boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter