Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Merkel Putinni urushdan qaytra olmaganini tan oldi

Merkel Putinni urushdan qaytra olmaganini tan oldi

Angela Merkel Der Spiegel nashriga bergan intervyusida Germaniya kansleri sifatidagi muddati yakunida Ukrainadagi vaziyat rivojiga ta’sir o‘tkaza olmaganini va Rossiya bilan Yevropa Ittifoqi darajasidagi muzokaralarning yangi formatiga erisha olmaganini tan oldi.

U 2021 yilning yozida AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvidan keyin Putin bilan aloqa o‘rnatishga harakat qilgani haqida gapirdi.

«2021 yilning yozida, prezidentlar Bayden va Putinning uchrashuvidan so‘ng, men yana Putin bilan Yevropa Ittifoqi kengashida Emmanuyel Makron bilan muzokaralar uchun alohida Yevropa formatini yaratmoqchi edim. Ba’zilar bunga e’tiroz bildirishdi va men endi turib olishga kuchim yo‘q edi, chunki hamma men haqimda «u kuzda ketadi» deb o‘ylardi», – deydi sobiq kansler.

Angela Merkel suhbat davomida Moskvaga qilgan so‘nggi safari va Putin uchun nima muhim ekanligini aytib o‘tgan.

«Moskvaga xayrlashuv tashrifim chog‘ida ham xuddi shunday bo‘ldi. Hissiyotlar juda aniq edi. «Kuch siyosatiga kelsak, hammasi tugadi». Putin uchun faqat hokimiyat muhim», – deydi Angela Merkel.

Merkelning fikricha, muammolarni hal qilishda yangi odam ishtirok etishi kerak edi. Uning ta’kidlashicha, muammoga yangicha yondashish vaqti kelgan. Sababi, gap nafaqat Ukraina, balki Moldova, Gruziya, Abxaziya, Suriya va Liviya haqida ham ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring