Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angela Merkel kansler lavozimidan ketgach nima qilmoqchi?

Angela Merkel kansler lavozimidan ketgach nima qilmoqchi?

Foto: CSN-TV

Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel katta siyosatdan ketgach, nimalar bilan shug‘ullanmoqchi? Nemis jurnalistlari savolga oydinlik kiritishdi.

Merkelning aytishicha, hammadan ko‘p xotirjam sayohat qilish va mutolaa qilishni sog‘ingan. Bu haqda «Frankfurter Allgemeine Zeitung» gazetasi yozmoqda.

«Kansler sifatida ayrim narsalardan mahrum edim. Istaganimcha sayohat qilish, kitob o‘qish yoki 20 daqiqadan so‘ng taqdirlarni hal etuvchi hech narsa sodir bo‘lmasligini his qilgan holda bo‘sh vaqtimda yana nimalar bilandir shug‘ullanish. Shuni kutyapman», — dedi Merkel jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr sanasida Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Angela Merkelga uning vakolat muddati tugashi haqidagi xabarnomani topshirgandi. Yangi kansler aniq bo‘lguniga qadar, Merkel Germaniyani vaqtincha idora qilib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring