Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik yigit Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘ldi

Andijonlik yigit Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘ldi

Andijon viloyatida yashovchi, 1993 y.t. I.U. 2021-2022 yillarda Turkiyaning Istanbul shahrida ishlagan davrida Suriyadagi terroristik tashkilot yollovchilarining ta’siriga tushib, ularning safiga borib qo‘shilishni reja qiladi.

Shu maqsadda I.U. bir necha bor Suriyaga o‘tishga urinadi, lekin, turk chegarachilari bunga imkon bermaydi. Ammo, navbatdagi urinish vaqtida u harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur shaxs doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan keyin ham ijtimoiy tarmoqlar orqali terroristik tashkilot a’zolari bilan aloqada bo‘ladi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha Boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.U.ning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining hukmiga ko‘ra I.U. Jinoyat Kodeksining 1552 va 2442-moddalari bilan aybdor deb topilib, 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan maxrum etildi.

«Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni yot g‘oyalar ta’siriga tushib, o‘z kelajaklarini barbod qilishlariga yo‘l qo‘ymang, ogoh bo‘ling!», deyiladi DXX xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring