Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik o‘qituvchi maoshi 17 mln so‘mdan oshishiga ishonmoqda

Andijonlik o‘qituvchi maoshi 17 mln so‘mdan oshishiga ishonmoqda

Foto: Xabar.uz

Bugun Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi hisobidan har oylik ustamaga da’vogar pedagoglarning saralash imtihonlari javoblari DTM tomonidan e’lon qilindi.

XTV ushbu testlarda 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlarni tanishtirib boryapti.

Vazir jamg‘armasida 100 foizlik natijani qayd etgan ustozlardan biri — Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 44-IDUMning oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Dilbarxon G‘ulomova.

Xabarda aytilishicha, 14 yildan beri o‘quvchilarga bilim berayotgan Dilbarxon G‘ulomova o‘quvchilik davridanoq respublika olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Milliy universitetiga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilingan.

2018-yili «Yil o‘qituvchisi» respublika ko‘rik-tanlovida 3-o‘rinni egallagan. 2021-yili «El-yurt umidi» jamg‘armasining stipendiati sifatida Sankt- Peterburgning Gersen nomidagi Pedagogika universitetida malaka oshirib qaytgan.

Dilbarxon G‘ulomovaning o‘quvchilari ham biologiya fanidan viloyat olimpiadalarida g‘oliblikli qo‘lga kiritib, tibbiyot oliygohlariga yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, shu kecha-kunduzda Dilbarxon G‘ulomovaning oylik maoshi 12,6 mln so‘m, agar Vazir jamg‘armasining II bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tsa, maoshi 17 mln so‘mdan oshadi.

«Vazir jamg‘armasiga e’lon bo‘lganidayoq bu ustama aniq meniki bo‘lishiga ishongandim va nasib qilsa, keyingi bosqichdan ham muvafaqqiyatli o‘tsam, niyatimga yetaman. Ustozlarga o‘z ustilarida ishlashdan tinmasliklarini, bu o‘zining ijobiy samarasini berishini ishonch bilan ayta olaman», — dedi Dilbarxon G‘ulomova.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring