«Andijondan shum xabar keldi» — viloyat prokuraturasi rasmiy bayonot berdi
Andijon viloyati prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Andijondan shum xabar keldi» nomli xabar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, Andijon shahrining Zafar ko‘chasi 4-uyda yashab kelgan voyaga yetmagan S.O‘. va R.O‘.ning jasadlari yashash xonadonida qotillik alomatlari bilan topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazilmoqda.
Tergov harakatlari shaxsan viloyat prokurori tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter