Andijondagi yong‘inda uy egasining uch nafar farzandi yonib ketdi
Andijon shahridagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘inda mudhish fojia yuz berdi.
Viloyat FVB matbuot xizmati xabar berishicha, yong‘in 22 dekabr kuni soat 19:15 da «Dalvarzin» MFY, S.Abdulla 5-tor ko‘chasidagi uyda yuz bergan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 19:19 da yetib borib, soat 19:22 da yong‘in o‘rab olinib, 19:32 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonda shift, tom qismi va uy jihozlari yongan. Uyning 180 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining farzandlari — 2007 yilda tug‘ilgan Sh.R., 2009 yilda tug‘ilgan Sh.R., 2017 yilda tug‘ilgan Sh.M.ning 100 foiz kuygan holda jasadi topilgan.
Ayni paytda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter