Andijondagi portlashda qurbon borligi ma’lum bo‘ldi

Andijon viloyatidagi kasalxonada sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi.
FVV taqdim etgan tafsilotga ko‘ra, yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino devorlariga shikast yetgan.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Ushbu hodisa oqibatida bir nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan, yana to‘rt nafari turli darajada tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, hodisa joyiga FVV rahbariyati, IIB, SSB, Prokuratura va boshqa tegishli xizmat xodimlari yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahrixon tumani «Qoraqo‘rpa» MFY Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas