Andijondagi daryodan 10 yoshli bolaning murdasi topildi
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi daryodan 10 yoshli bolaning jasadi topildi. Bu haqda Andijon viloyat FVB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 13 avgust kuni soat 17:53 larda Oltinko‘l tumanida yashovchi D.A. IIBning «102» qisqa raqamiga murojaat qilib, Oltinko‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Qoradaryo» daryosidan 10 yoshli o‘g‘il bola murdasi topilganligini ma’lum qilgan. Olib borilgan surishtiruv natijasida ushbu jasad Oltinko‘l tumani «Ors» MFY Yuqori ko‘chasida yashagan T.A. ekanligi aniqlangan.
«Marhum T.A.ning jasadi sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan», – deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter