Andijondagi sexda 1,5 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Andijon shahrida 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Unda YaTT “X.Yo.” Andijon shahri, “Paxtakor” MFY hududidagi “Ts.” MChJga tegishli binoda “Suxariki kiriyeshki” mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter