Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yosh yigit do‘kon eshigini «kesib», 60 mln so‘mni o‘mardi

Andijonda yosh yigit do‘kon eshigini «kesib», 60 mln so‘mni o‘mardi

Foto:IIV huzuridagi Tergov departamenti

2020-yilning 14-martdan 15-martga o‘tar kechasi, 20 yoshli L.O‘, Andijon tumani Orol mahallasida joylashgan, fuqaro S.U.ga tegishli savdo do‘koniga eshik qismini qirqish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘kon ichidan 60.100.000 so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda talon-toroj qilib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

L.O‘. ashyoviy dalillar bilan protsessual tartibda ushlangan va ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring