Andijonda yana bitta gaz qudug‘i ishga tushirildi
Buloqboshida yana qo‘shimcha 5 mingta xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlanadi, deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Kecha, 4-dekabr kuni Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Uchtepa qishlog‘ida joylashgan «Uchtepa neft va gaz koni»ning 12-sonli gaz qudug‘i ishga tushirildi va sanoat miqyosida gaz olindi.
Quduqdan gaz qazib olish hajmi kunlik 50-60 ming/m3 tashkil etadi.
Ayni paytda ushbu gaz qudug‘ining ishga tushirilishi bo‘yicha gaz quvurlarini yotqizish ishlari yakunlandi.
Buning natijasida Andijon viloyati Buloqboshi tumanining yana qo‘shimcha 5 mingta xonadoni tabiiy gaz bilan ta’minlanadi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan ikki yil davomida «Andijonneft» AJ tomonidan «Uchtepa neft va gaz koni»ni o‘zlashtirish va ishga tushirish uchun jami 9 ta neft va gaz quduqlari burg‘ulandi. Mazkur burg‘ulash ishlari natijasida quduqlardan tabiiy gaz olinib, Buloqboshi tumanining 20 mingdan ortiq aholisi gaz bilan ta’minlanishiga erishilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter