Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda talaba jinoyat ustida ushlandi

Andijonda talaba jinoyat ustida ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

14 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Ulug‘nor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi A.Q. fuqaro M.ni tanishlari yordamida ushbu institutiga 14 000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, shundan 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring