Andijonda sobiq hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan sobiq hokim yordamchisi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Izboskan tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda, tuman hokimining «Q.» MFY bo‘yicha sobiq yordamchisi J.T. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, soxta hujjatlar orqali 5 nafar fuqaro nomiga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun jami 119,5 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni J.T.ning rahbarligidagi MChJga o‘tkazish orqali o‘zlashtirib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter