Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda prokuror o‘rinbosari qo‘lga tushgani rad etildi

Andijonda prokuror o‘rinbosari qo‘lga tushgani rad etildi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.

«Andijon viloyati prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, bir fuqaro Asaka tumani prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan boshqa fuqarodan talab qilingan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibida ushlandi.

Shuni qayd qilish lozimki, Asaka tumani prokurorining o‘rinbosari tadbirda pora bilan qo‘lga tushganligi haqidagi ma’lumotlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring