Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda MChJ rahbari dala maydonida joniga qasd qildi

Andijonda MChJ rahbari dala maydonida joniga qasd qildi

Joriy yilning 23 iyun kuni «Bo‘z Iqbol chorvasi» MChJ rahbari N.S. Bo‘ston tumanidagi «Buyuk turon chorvasi» fermer xo‘jaligi dala maydonidagi daraxtga arqon bilan o‘zini osib, vafot etgan. 

Holat yuzasidan Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, fuqaro N.Sattarovaning marhum akasi rahbarlik qilgan «Bo‘z Iqbol chorvasi» MChJ tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining pullari to‘lab berilmaganligi haqidagi murojaati Bo‘ston tuman prokuraturasi tomonidan mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi Andijon viloyati prokuraturasi xabarida.

Har ikkala holat bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Natijalari haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Andijonning eng boy kishilaridan biri vafot etgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring