Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Matiz» yonib zararlandi

Andijonda «Matiz» yonib zararlandi

Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

2019-yilning 18-sentyabr kuni soat 21:47da Andijon shahrining Bobur shox ko‘chasida harakatlanib ketayotgan fuqaro R.X. boshqaruvidagi «Matiz» rusumli atomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma’lum qildi.

Xabar asosida voqea joyiga 1 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida fuqaro R.X.ga tegishli bo‘lgan «Matiz» rusumli avtomobilining motor qismi, old o‘ng shinasi yonib zararlangan.

Yong‘inning taxminiy sababi motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring