Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda kafeni umargan shaxs shu yerda ishlovchi xodim bo‘lib chiqdi

Andijonda kafeni umargan shaxs shu yerda ishlovchi xodim bo‘lib chiqdi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 4-yanvar kuni taxminan soat 02:20 larda, noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Jalaquduq tumani Tuyalas mahallasidagi kafelarning birida o‘g‘irlik sodir etgandi, deya xabar berdi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ma’lum bo‘lishicha, ayblanuvchi deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, 15.000.000 so‘m pullari bo‘lgan temir seyf va kuzatuv kamera yozuvlari saqlanuvchi xotira blokini o‘g‘irlab, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi  «g» bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni shu kafeda ishlovchi 27 yoshli D.Yu. sodir etganligi aniqlanib, undan temir seyf, kuzatuv kamera yozuvlari saqlanuvchi xotira bloki va 5.510.400 so‘m miqdoridagi pullar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring