Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda iste’molga yaroqsiz qariyb 8 ming energetik ichimlik sotuvdan olindi

Andijonda iste’molga yaroqsiz qariyb 8 ming energetik ichimlik sotuvdan olindi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Hozir jarima yoz. Chor-atrofda rango rang yorliqlari bilan ko‘zingizni olayotgan salqin ichimliklarga ko‘nglingiz ketadi.

Andijon tumani, Yangiobod qishlog‘ida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan Oyistaxon Iminova (ismi sharifi o‘zgartirildi) mana shundan foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. Andijon shahrining Ishchilar mahallasi, Paxtaobod ko‘chasidagi 45-xonadonda ombor tashkil qildi. Andijon shahri davlat soliq inspeksiyasi xodimlari shu yilning 23-iyul kuni mahallada profilaktik nazorat tadbirini o‘tkazdilar. Ana o‘shanda Oyistaxonning ishi fosh bo‘ldi.

Buni qarangki, yaroqlilik muddati allaqachon o‘tib ketgan (aslida bu muddat olti oy bo‘ladi), ya’ni 2018-yil aprel oyida ishlab chiqarilgan va iste’molga yaroqsiz holga kelgan 7 ming 898 dona har xil sig‘imdagi energetik salqin ichimliklarni sotishga tayyorlab qo‘ygan ekan. Huquqbuzar ularning ishlab chiqarilgan sanasini yangilab, qayta sotmoqchi bo‘lib, 31 million 298 ming so‘m «foyda» ko‘rishni ko‘zlagan.

Agar bir kishi bir donadan ana shu ichimliklardan totib ko‘rsa, 7 ming 898 nafar qorako‘zning ahvoli ne kechardi?

Shohruhbek Egamnazarov,
Andijon viloyat davlat soliq boshqarmasi
matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring