Andijonda hokim o‘rinbosari qo‘lga tushdi
Andijonda Izboskan tuman hokimi o‘rinbosari A.K. jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, tuman rahbarining investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosari Katta Farg‘ona kanali himoya hududidan 0,08 ga yer maydonini «Ye-auksion»dagi savdolarni yopiq shaklda o‘tkazgan holda sotib olib berish evaziga pul talab qilgan. Talab qilingan puldan 500 AQSh dollarini xizmat xonasida olayotganda qo‘lga olinadi.
Holat bo‘yicha pora olish (Jinoyat kodeksi, 210-modda) yoki firibgarlik (168-modda) alomatli bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganmi, aniq ma’lumot yo‘q. Ammo tergovchilar yeng shimarib ishga kirishgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter