Andijonda fuqaroni yalang‘och tasvirga olib tarqatgan tovlamachilar qo‘lga olindi
Bugun, 31-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik erkakning yalong‘och holidagi videotasviri unga erkakning mahalliy masjidlarning birida ishlashi va yarim tunda buzuqchilik bilan shug‘ullanib yurgani haqidagi izohlar bilan tarqatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, yuqoridagi iddaolarni rad qildi.
Viloyat IIBga ko‘ra, joriy yilning 17-avgust kuni Telegram messenjeri orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo‘li bilan Andijon viloyati Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu shaxsni kiyimsiz holatda videotasvirga olib, tovlamachilik sodir etgan.
Ayni vaqtda mazkur guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter