Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi

Andijonda ommaviy zaharlanish sodir bo‘ldi

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida bir necha kishi ovqatdan zaharlandi.

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 12:10 larda tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Qo‘rg‘ontepa tuman Ijtimoyat MFY Bo‘ston ko‘chasi 170-uyda istiqomat qiluvchi 11.02.2006 yilda tug‘ilgan fuqaro G‘. M o‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i va ich ketishi shikoyatlari bilan murojaat qilgan.

Bemorga zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilib, kasallik sabablari o‘rganilganda, bemor 2022 yil 5 iyul kuni tuman markazida joylashgan «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasidan nonbyrger sotib olib iste’mol qilgani ma’lum bo‘lgan.

Shu kunning o‘zida soat 18:30 ga qadar yana 16 nafar fuqaro yuqoridagi shikoyatlar bilan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasigaga murojaat qilishgan.

Barcha bemorlarning oshqozoni yuvilib zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilgan. Hozirda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Bemorlarga «o‘tkir gastroenterit» tashxisi qo‘yildi.

2022 yil 6 iyul 23:00 holatiga shifoxonada jami 37 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, ularning 17 nafari davolanmoqda, qolgan 20 nafari umumiy holatiga ko‘ra tibbiy kuzatuvga olingan. 

Kasallikka sabab bo‘lgan omillarni aniqlash maqsadida «FRESH FOOD 2020» oilaviy korxonasiga qarashli ovqatlanish shoxobchasida epidemiologik surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Korxonasiga qarashli 3 ta shoxobcha faoliyati shu kunning o‘zida vaqtinchalik to‘xtatildi va mahsulotlar tayyorlash xonasi hamda omborxonadagi mahsulotlardan namunalar olinib, Qo‘rg‘ontepa tuman Sanepidxizmat laboratoriyasiga tekshirish uchun yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring