Andijonda elektr korxonasi muhandislari qo‘lga olindi
Ishlab chiqarish sexini elektr tarmog‘iga ulab berishni va’da qilgan ETK muhandislari ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog‘och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so‘m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog‘iga ulab berishini va’da qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter