Andijonda dispetcher va iqtisodchi ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlandi.
Qayd etilishicha, RTTYoM Andijon viloyati filiali «Call-markazi» dispetcheri M.A. fuqaro M.Q.ni 1 500 AQSh dollari evaziga ushbu «Sall-markazi» ga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda RTTYoM Andijon viloyati filiali iqtisodchisi D.U. o‘z xizmat xonasida M.A.dan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter