Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Captiva 5» xatlandi

Andijonda «Captiva 5» xatlandi

Tadbirkor bankdan kredit oldi, ammo qaytarishni xayoliga keltirmadi. O‘z vaqtida qaytarilmagan kredit qarzi evaziga garovdagi mulklar undiruvga qaratildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining qarzdor «O.G.T hamkor» MChJdan jami 1,3 mlrd. so‘m undirilishi va qarzdorlikni garovdagi 2 ta ko‘chmas mulk va avtomashinaga qaratilishi haqidagi ijro hujjatiga ko‘ra Majburiy ijro byurosi Xo‘jaobod va Jalaquduq tuman bo‘limi xodimlari ijro harakatlari olib bordi.

Jarayonda garovdagi Jalaquduq tumanida joylashgan go‘zallik saloni va Xo‘jaobod tumani, Navoiy ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni hamda qora rangli «Captiva 5!» rususmli avtomashina xatlandi.

Shundan so‘ng ham qarzdorlik to‘lanavermagach, «Captiva 5!» 300 mln. so‘m boshlang‘ich baho bilan elektron onlayn auksion savdosiga qo‘yildi. Hozirda qolgan ikki ko‘chmas mulkni ham auksion savdosiga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari esa jamiyatning kredit qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring