Andijonda 24 yoshli ayol vahshiylik qurboni bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 5-dekabr kuni ayol turmushga chiqqan xonadonida vahshiylarcha kaltaklanib o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Asaka tumanida oilaviy kelishmovchilik tufayli turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirgan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
7-dekabr kuni gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter