Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 43 yoshli erkak 13 yoshli bolani kaltakladi

Andijonda 43 yoshli erkak 13 yoshli bolani kaltakladi

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi do‘konda erkak 14 yoshli yigitni kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahrixon tumani, Mullavoy MFYda yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan T.L bugun soat 10:00 larda ukasining farzandi 2010 yilda tug‘ilgan jiyani A.X.ni fuqaro M.S bilan urishganligidan xabar topib, M.S ishlaydigan savdo do‘koniga borib, uning yuzi va tanasining turli qismlariga tan jarohatlar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring