Andijonda 2 nafar o‘smir bola daryoda cho‘kib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon viloyati Baliqchi tumanida Qora daryoda 2 ta bola cho‘kib ketgani aytilmoqda, onalari dod solib yig‘lab qidirib yuribdi» sarlavha ostida video tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha. joriy yilning 24 iyul kuni Norin tumanidagi Xo‘jaqo‘rg‘oncha va Changitma mahallalarida yashovchi 2009 va 2011 yillarda tug‘ilgan N. Arabboyev va I. Egamberdiyev Norin tumani Changitma mahallasidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoga cho‘milgani borib cho‘kib ketgan.
Joriy yil 27-28 iyul kunlari ikki nafar bola Norin tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limi g‘avvoslari tomonidan topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter