Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan tadbirkorlar fosh etildi

Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan tadbirkorlar fosh etildi

Andijon shahrida bir nechta xususiy korxonalar noqonuniy ravishda elektr tarmog‘iga ulanib,  davlatga qariyb 1 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, «H.b.» oilaviy korxonasi mas’ul shaxslari qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 981,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.E.» MChJ rahbari L.A. «Qo‘rg‘oncha» MFYdagi rezina buyumlar ishlab chiqarish sexini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 825,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan shahar ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, fuqarolar I.K., B.G. va boshqalar tikuvchilik va qandolatchilik sexlarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulab, 681,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Departamentning Xo‘jaobod tuman bo‘limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro Sh.A. «Beshqovoq» MFYdagi bilyard o‘yingohini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 164,8 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzarliklar oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1 mlrd so‘m zarar zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring