Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyatidagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Andijon viloyatidagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Foto: FVV

Andijondagi tibbiyot muassasalaridan birida gaz-havo aralashmasidan portlash yuzaga kelgan. Bu haqda FVV axborot xizmati ma’lum qildi.

Bugun, 11-fevral kuni soat 11:30 larda Andijon viloyati Shahrixon tumani hududida joylashgan Qoraqo‘rpa mahallasi fuqarolar yig‘inidagi tibbiyot punktida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi. 

Hodisa oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 7 kishi jarohatlangan. Hozircha halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Yaqin daqiqalarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati vaziyatning yangi tafsilotlarini e’lon qiladi.

Ayni damda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat boshqarmasi qutqaruvchilari ishlamoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring