Andijon va Farg‘onada mansabdor shaxslar ushlandi
Andijon shahrida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali, uning nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, «Eski shahar – Oltinko‘l» yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bo‘yicha aholiga pullik xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 AQSh dollari talab qiladi.
DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor shaxsning ushbu noqonuniy ishga aloqadorligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi.
Mazkur shaxs ham muqaddam sudlangan bo‘lsada, xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda, Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi «Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash» bo‘limi boshlig‘i o‘zining vakolatli tanishlari orqali, mahalliy fuqaroning yashash xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter