Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon shahrida transformator portlab ketdi

Andijon shahrida transformator portlab ketdi

Videodan kadr.

Tarmoqda Andijon shahrida transformator portlab ketgani videosi tarqaldi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» viloyat hududiy filiali matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/6 kV «Yayilma» PSdagi 6 kV «Yuldosh» fideridan chiquvchi 2-kichik dahada joylashgan 155-sonli transformator punktida 25 dekabr kuni soat 20:50 da nosoz transformator o‘rniga zahiradagi transformator punktiga almashtirilib ishga tushirilayotgan vaqtda transformatorning 0,4 kV tomonidagi ajratkichda qisqa tutashuv yuz bergan.

Buning oqibatida 6 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 380 ga yaqin aholi elektr ta’minotidan uzilgan.

«Hozirda tezkor chiqish ishchi guruxi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Tez fursat ichida ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlarini elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi», deyiladi munosabatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring