Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimligi benzin sarflash bo‘yicha «chempion» bo‘ldi

Andijon hokimligi benzin sarflash bo‘yicha «chempion» bo‘ldi

Foto: «Vodiy bozor» kanali

2020-yil davomida viloyat hokimligi mashinalari uchun qancha mablag‘ yoqilg‘iga sarflandi? Bloger Zafar Solijonov dxarid.uzex.uz sayti ma’lumotlariga tayanib quyidagi raqamlarni ma’lum qildi:

  1. Andijon viloyat hokimligi 1 183 112 979 so‘m;
  2. Buxoro viloyat hokimligi 724 323 815 so‘m;
  3. Jizzax viloyat hokimligi 644 292 000 so‘m;
  4. Qashqadaryo viloyat hokimligi 511 735 000 so‘m;
  5. Namangan viloyat hokimligi 147 605 548 so‘m;
  6. Samarqand viloyat hokimligi 375 113 125 so‘m;
  7. Toshkent viloyat hokimligi 116 313 540 so‘m.

«Boshqa hududlar haqida ma’lumotlar hozircha topilmadi. Yil yakunlangani yo‘q. Yuqoridagi summa to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Bor ma’lumotlar ilova qilindi. Birgina Jizzax viloyati hokimligi benzin bilan birga gaz yoqilg‘isi ham ishlatgan. Qolganlarida faqat benzin mahsulotlarining umumiy summasi keltirilgan, ko‘z tegmasin», — deb yozadi bloger.

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov o‘zining telegram kanalida ushbu holatga munosabat bildirdi.

«Andijon viloyat hokimligi 2020-yilda mashinalarning yoqilg‘isiga 1 mlrd 183 mln so‘mdan ziyod mablag‘ sarflabdi.

Qayd etish kerak, hududi respublikada eng kichik viloyat bu borada yetakchi.

Endi cho‘tga solamiz: Bu Andijon viloyat hokimligi kuniga o‘rtacha 560 litr benzin yoqishini bildiradi.

10 ta xizmat moshinasi bo‘lsa ham 56 litrdan to‘g‘ri keladi.

10 ta mashina o‘rtacha 10 litrdan yoqsa ham kuniga 560 km yo‘l bosishi kerak. O‘sha mashinalar bu yo‘lni belgilangan o‘rtacha 70 tezlikda yursa — 8 soat yurishi kerak.

Moshinada «kataysa» qilishdan boshqa yana nima ish qilishyapti qonunchilikda belgilangan ish soatida ular?», — deydi jurnalist.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring