Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Andijon hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ahmedova Gulnora Mahmudovna tayinlandi.

Gulnora Ahmedova 1974-yilda Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1996-yilda Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida umumta’lim maktablari, kasb-hunarga o‘qitish markazlarida o‘qituvchi, direktor o‘rinbosari va direktor lavozimlarida, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbari va MFYda hokim yordamchisi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Shahrixon tumani bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq Gulnora Abdullayeva boshqa lavozimga o‘tayotganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring