Andijon hokimi o‘rinbosarining o‘limi sababi aytildi
Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Habibullayev 6 yanvar kuni olamdan o‘tgani xabar berilgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘lim holati miokard infarkti natijasida yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, Salombek Habibullayev Andijon viloyati hokim o‘rinbosari lavozimiga 2018-yilning 26-yanvar sanasida tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter