Andijon hokimi matbuot kotibining «ishi» 8 yanvarda ko‘rib chiqiladi
Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulshanoy Koshkarovaga nisbatan ochilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish shu yilning 8 yanvar kuni ko‘rib chiqiladi. G.Koshkarova taniqli jurnalist-bloger, Human.uz axborot portali rahbari Xurshid Daliyevga tuhmat qilganlikda ayblanmoqda.
Ikki kun burun Andijon shahar IIB tomonidan qo‘zg‘atilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid mazkur «delo» dekabr oyining oxirlarida sudga yuborilgani aytilgandi. Biroq Oliy sud matbuot xizmati buni inkor etib, G.Koshkarovaga oid ma’muriy ish Andijon shahar ma’muriy sudiga kelib tushmaganini bildirgan edi.
Mana, vaziyatga oydinlik kiritildi.
«Xabar.uz»da chop etilgan xabardan so‘ng qaysidir tortmada yotgan «delo», nihoyat, sudyaning qo‘liga yetib, sud majlisi o‘tkaziladigan sana tayin etilgan ko‘rinadi.
Eslatib o‘tamiz, jurnalist-bloger X.Daliyev jabrlanuvchi bo‘lib o‘tayotgan mazkur «delo» «IIBdami yoki sudda?» degan savolga javob topilguncha andijonlik boshqa bloger — Otabek Nuritdinovning «ishi» bir necha soatlarda hal etilib (30 dekabr), sud qaroriga ko‘ra 15 sutkaga «kesilishi»dan tashqari kassatsiya tartibida ko‘rib chiqishga ham ulgurildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter