Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi

Rossiyaning Lenin sudi o‘z xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan O‘zbekiston fuqarosi Sh.Q.ga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqishni boshlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yil fevralda sudlanuvchi Sh.Q.ning 17 yoshli qizi uyiga kirganida hammomda 40 yoshli onasining murdasini ko‘rib qolgan va darrov politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.

Shu kuni issiq izida gumonlanuvchi ushlangan. U 37 yoshli Sh.Q. ekani aniqlangan. Organ xodimlari uni Rossiyadan Andijonga qarab uchib ketayotganda qo‘lga olishgan.

Ushbu qotilligi uchun Sh.Q. 15 yilga qamalishi mumkin. Sud majlisi 15 iyunga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring