Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qo‘rg‘ontepa tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir  o‘tkazildi.

Unda Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi U.Q., fuqaro M.ning farzandini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qirg‘iziston Respublikasidagi universitetlardan biriga «Stomatologiya» yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 400 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departament hamda DXXning Shahrixon tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.O‘. boshqa bir fuqaro N.ni Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 100 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring