Ana xolos: Xitoyda baliq 8000 yil muqaddam yetishtirilgan
Xalqaro olimlar jamoasi Xitoyda zog‘orabaliq yetishtirilishi taxminan 8000 yil muqaddam – neolit davridayoq boshlangan degan xulosaga kelishdi. Bu haqda «REGNUM» xabar bergan «Nature Ecology&Evolution» nashriga tayanib.
Xitoy, Yaponii, Buyuk Britaniya va Germaniya olimlari Xitoydagi Xenan provinsiyasi Szyaxu hududida neolit manzilgohlari qazishmalari chog‘ida topilgan zog‘orabaliqning tish va suyaklarini o‘rganishdi. Ular Xitoyning qadimgi akvamadaniyati taxminan 8000 yoshda degan xulosaga kelishdi.
Oddiy zog‘orabaliq qoldiqlarining yoshga oid tahliliga ko‘ra, manzilgohdagi qadimgi aholi tutgan baliqlarining bir qismini yeyishgan, qolganini esa ko‘paytirish uchun hovuzlarga qo‘yib yuborishgan.
Bunday xulosaga kelishga baliq qoldiqlarining turiga qarab tahlil qilish sabab bo‘lgan. Janubi-sharqiy Osiyoda shunday hovuzlarda asosan tovonbaliq ovlangan. Biroq Szyaxuda suyaklarning 75 foizi zog‘orabaliqqa tegishli.
Taxminlarga ko‘ra, ushbu manzilgohda zog‘orabaliq yetishtirish miloddan avvalgi 6200 — 5700-yillarda boshlangan.
Bunday akvamadaniyat ko‘pincha sholikorlik bilan bog‘liq bo‘lgan — baliq sholi dalalarida yetishtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter