Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amiti universitetida NASA dasturchilarining sobiq rahbari bilan onlayn suhbat. Ishtirok etish bepul!

Amiti universitetida NASA dasturchilarining sobiq rahbari bilan onlayn suhbat. Ishtirok etish bepul!

Toshkent shahridagi Amiti universiteti dunyo bo‘ylab eng yetuk mutaxassis olimlarni jalb etan holda olimlar va professor-o‘qituvchilar uchun «Xalqaro professor-o‘qituvchilar muhokamalari forumi» turkum dasturlarini e’lon qildi.

Asosiy mehmon-ma’ruzachi dunyoga mashhur NASA kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari rahbari bo‘lgan Maykl Jerard Xinchi.

Maykl Jerard Xinchi – irlandiyalik kompyuter muhandisi, Irlandiya dasturiy injiniring tadqiqot markazi direktori.

Uning hozirgi kungacha qo‘lga kiritgan quyidagi yutuqlari va mukofotlari tahsinga loyiq:

  • NASA dasturiy ta’minotini ta’minlash tadqiqotiga qo‘shgan hissasi uchun 2012 yilgi NASA mukofoti
  • NASA Kerley mukofoti (2009) — Yil tadqiqotchisi
  • Tribal kollejida elektrotexnika bo‘yicha birinchi 4 yillik kollej darajasini olgani uchun NASA faxriy mukofoti (2008)
  • Buyuk Britaniyaning Yetuk matematik mukofoti
  • Buyuk Britaniyaning Yetuk muhandis mukofoti
  • Buyuk Britaniyaning Yetuk professional muhandis mukofoti
  • Buyuk Britaniyaning Axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis mukofoti
  • Avstraliya muhandislar instituti, ilmiy xodim faxriy unvoni
  • Buyuk Britaniya kompyuter jamiyati, ilmiy xodim faxriy unvoni
  • Elektrotexnika va elektronika muhandislari instituti, katta a’zosi

Maykl Xinchi juda ko‘p sohalarda grantlarga sazovor bo‘lgan:

  • Avtonom tizimlar
  • Avtonom hisoblash
  • O‘z-o‘zini boshqarish dasturiy ta’minoti
  • Dasturiy ta’minot sinovlari
  • Dinamik dasturiy mahsulotlar liniyalari

Birinchi tadbir joriy yilning 26 avgust kuni 14.30da Amiti universiteti binosida tashkil etiladi. Ishtirok etish bepul.

Manzil: Toshkent shag‘ri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi 70 uy.

Shuni ta’kidlash joizki, Toshkent shahridagi Amiti universitetining bu turkum dasturlarni yo‘lga qo‘yishidan maqsadi, Respublikada olimlar faoliyatini rag‘batlantirish va ularning dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan mutaxassislari bilan muhokamalarini tashkil etish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish darajasi va sifatini yanada oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Amiti universiteti 80 foiz ilmiy salohiyatga ega kafedrasiga ega bo‘lib, unda 100 foiz chet ellik mutaxassislar faoliyat olib borishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring