Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birlashgan Arab Amirliklari moliya vaziri vafot etdi

Birlashgan Arab Amirliklari moliya vaziri vafot etdi

Foto: «Reuters»

Birlashgan Arab Amirliklarining moliya va sanoat vaziri Hamdon bin Roshid Ol Maktum Dubayda 76 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning ukasi — BAA vitse-prezidenti va bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum tvitter orqali ma’lum qildi.

1945-yilning 25-dekabrida tug‘ilgan Shayx Hamdon Dubay hukmdori Rashid bin Said Ol Maktumning ikkinchi o‘g‘li edi. BAA moliya va sanoat vaziri lavozimini mamlakatga asos solingan 1971-yilda egallagan edi. 1995-yildan Dubay amirligi hokimining o‘rinbosari lavozimini ham egallagan. Bir paytning o‘zida ko‘plab lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, BAAning Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda OPEKdagi vakili sanalgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring