Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar o‘z fuqarolariga 5 milliard dollarlik yordam ko‘rsatdi

Amirliklar o‘z fuqarolariga 5 milliard dollarlik yordam ko‘rsatdi

Foto: «Byblosbank»

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati mamlakatga asos solinganining 47 yilligi munosabati bilan o‘z fuqarolariga 18,3 milliard BAA dirhami (5 mlrd. dollar) ko‘rinishida iqtisodiy yordam qo‘lini cho‘zdi. Bu xabar amirliklarning «The National» nashri tomonidan tarqatildi.

Fuqarolarga turarjoyga ega bo‘lish, tayyor uy sotib olish, qurilish qilish uchun yer sotib olishga kreditlar beriladi. Iqtisodiy yordamdan 12 mingdan ziyod fuqaro foydalanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Abu-Dabi voris shahzodasi Muhammad bin Zoid al Nahayyonning ta’kidlashicha, bu fuqarolarning ijtimoiy barqarorligi va munosib kun kechirishi uchun tashlangan qadamdir.

Birlashgan Arab Amirliklari milliy kuni har yili 2-dekabr kuni nishonlanadi. 1971-yilning shu sanasida Abu-Dabi boshchiligida olti amirlik mustaqil davlat tuzish shartnomasini imzolagan. Yettinchi amirlik — Ras-al-Hayma BAA tarkibiga 1972-yili qo‘shilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring