Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Kamilov BAA vaziri bilan telefonda muloqot qildi

Abdulaziz Kamilov BAA vaziri bilan telefonda muloqot qildi

2021-yil 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Birlashgan Arab Amirliklarining Energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va turizm sohalaridagi aloqalarni kengaytirishga e’tibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni hamda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

BMT, IHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlarning ayrim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring