Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar Janubiy Koreyaga 30 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Amirliklar Janubiy Koreyaga 30 mlrd dollar investitsiya kiritadi

Foto: Tutu / UniTicket

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hamkorlikni va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Janubiy Koreyaga $30 mlrd sarmoya kiritishga qaror qildi.

BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashuv chog‘i o‘z rejasini ma’lum qildi.

«O‘z va’dalariga har qanday vaziyatda sodiq qoluvchi Koreya Respublikasiga investitsiya kiritish qarorini ishonch bilan qabul qildik», — dedi BAA prezidenti.

Yun Sok Yol BAAga bugun, yakshanba kuni davlat tashrifi bilan keldi. Bu ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 1980-yildan beri shu maqomdagi ilk tashrif.

Bugun, shuningdek, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham rasmiy tashrif bilan Amirliklarga bordi. To‘qayev «Abu-Dabini barqaror rivojlantirish haftaligi» sammitida qatnashib, qator ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring