Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temur xiyobonidagi holat bo‘yicha IIBB qo‘shimcha ma’lumot berdi

Amir Temur xiyobonidagi holat bo‘yicha IIBB qo‘shimcha ma’lumot berdi

Foto: Kun.uz

Joriy yilning 13 iyul kuni taxminan soat 22.30 larda «Subo» nomi bilan tanilgan rossiyalik bloger Subxan Mamedov bilan uchrashish uchun poytaxtimizning Amir Temur hiyobonida 200 ga yaqin fuqarlar karantin cheklovlariga rioya etmasdan to‘planganligi haqida kuni kecha xabar berilgandi.

IIBBning dastlabki xabarida bloger Mamedov S. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani, mazkur voqeada qonun buzilishi holatlari va tartibsizliklar yuz bermagani aytilgandi.

Bu holat jamoatchilik e’tirozini keltirib chiqardi. Qonun mahalliy blogerga ham, xorijiy blogerga ham barobar bo‘lishi kerakligini aytildi.

Shundan so‘ng, IIBB qo‘shimcha ma’lumot bilan chiqdi va bu safar boshqacharoq ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruv natijasiga ko‘ra, 26 nafar fuqaro (shu jumladan S.Mamedov va uning kuzatuvchilari) karantin qoidalariga zid ravishda jamoat joyida tibbiy niqobsiz bo‘lganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 83 nafar fuqaroga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida, 9 nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ogohlantirildi.  Hozirda surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

«Kun.uz» nashrining yozishicha, rossiyalik blogerni O‘zbekistonda YPX xodimlari va hatto UZB-toifa raqamli mashinalar qo‘riqlab yurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring