Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amir Temur maqbarasi 1941 yildan buyon ilk marta to‘liq restavratsiya qilinmoqda

Amir Temur maqbarasi 1941 yildan buyon ilk marta to‘liq restavratsiya qilinmoqda

Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasida ayni vaqtda restavratsiya ishlari olib borilmoqda. Tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu yodgorlikda restavratsiya ishlarini bajarish maqsadida ilmiy asoslangan xulosalar asosida loyiha takliflari ishlab chiqilgan hamda Madaniy meros Agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashida ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2022-yilda turizm va madaniy meros obektlari infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 110-son qaroriga asosan Amir Temur majmuasidagi gumbaz va devor old qismi, galereyaning pol qismlari va peshtoq mukarnaslarini qayta ta’mirlash uchun 3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan.

Hozirda ta’mirlash jarayonlari yakuniy bosqichda.

Eslatib o‘tamiz Amir Temur maqbarasini restavratsiya qilish ishlari bundan yarim asrdan ziyod vaqt oldin, ya’ni 1941 yilda amalga oshirilgan bo‘lib, 1996 yilda qisman ta’mirlash ishlari olib borilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring