Amerikalikni yengish uchun Alpomishga 51 soniya kifoya qildi
AQShda faoliyat yuritib kelayotgan aralash jang san’atlari (MMA) ustasi o‘zbekistonlik Murodbek Choriyev (laqabi «Alpomish») o‘zining navbatdagi ikkinchi jangini muddatidan oldin yakunlashga erishdi, deb xabar berdi «Sports.uz».
Missuri shtatining Sent Lyuis shahridagi «River City Casino & Hotel» arenasida bo‘lib o‘tgan jangda sportchimizga amerikalik Antoni Oden raqiblik qildi, biroq muxlislar mazkur bellashuvni 51 soniya kuzatishdi xolos. Jangni faol boshlagan Murodbekning ketma-ket zarbalaridan so‘ng hakam jangni to‘xtatishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, Alpomish aprel oyida MMAda debyut qilib, bu turnirni g‘alaba bilan boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter