Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik kampir cholini zaharlab o‘ldirdi, yarim million dollarni o‘g‘irladi

Amerikalik kampir cholini zaharlab o‘ldirdi, yarim million dollarni o‘g‘irladi

Foto: «Associated Press»

AQShning Aydaxo shtatida politsiyachilar 68 yoshli Larri Ayzenbergning sirli o‘limini o‘rganmoqda, u 2018-yil fevral kuni tong saharlab 64 yoshli turmush o‘rtog‘i Lori bilan uchrashgani motorli qayiqda Ker-d’Alen ko‘liga ketgan va qaytib kelmagan. Ikki yildan so‘ng ayolga qotillik aybini qo‘yishgan. Bu haqda «Idaho State Journal» gazetasi xabar berdi.

Ayzenbergning o‘zi politsiyachilarga ma’lum qilishicha, uchrashuv vaqtida qayiqning motori o‘chib qolgan, turmush o‘rtog‘i uni tekshirish uchun engashaman deb muvozanatni saqlab qololmagan va suvga tushib ketgan. Unga yordam berishgan uringan, biroq o‘zi ham yiqilib tushgan va qayiqqa boshi bilan urilgan. Ikki soatdan so‘ng politsiyachilarga qo‘ng‘iroq qilib, hodisadan xabardor qilgan.

Bunday sustkashlikni ayol fojia joyini tark etishni xohlamagani bilan izohlagan. Biroq ikki oydan so‘ng g‘avvoslar erkakning murdasini topishgan va ekspertiza o‘tkazishgan. Buni qarangki, u cho‘kib o‘lmagan, difengidramin (dimedrol) bilan zaharlangan ekan. O‘shandan so‘ng sodir bo‘lgan voqea taxminlaridan biri qotillik bo‘ldi.

Janob Ayzenberg g‘oyib bo‘lgan kuni uning turmush o‘rtog‘i ishlagan kompaniya yarim million dollar o‘g‘irlaganlikda gumon qilinib ayolni egallab turgan lavzomidan bo‘shatganini e’lon qildi. Keyinchalik u qilgan ishiga iqror bo‘lgan va besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Lori qamoqdaligida erining o‘limi bilan bog‘liq tergov harakatlari davom etdi. Tergovchilar uning yozib qoldirgan vasiyatida g‘alati holatni aniqlashdi. Kimdir unga qo‘l bilan yozib o‘zgartirish kiritgan. Unga ko‘ra 80% meros o‘z farzandlariga emas, 6 nafar o‘gay qizga (Lorining boshqa nikohidan bo‘lgan) qoldirilgan.

Oxir-oqibat, ulardan to‘rt nafari firibgarlik maqsadida fitna uyushtirishganini tan oldi. Ularning onasiga qarshi qotillik ayblovi ilgari surildi. Hozir ayolni yana sud kutmoqda, unga ikki million dollarlik garov puli tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring